Yaponiya imperatori Akixito taxtdan voz kechishga qaror qilgani munosabati bilan oldindan yozib olingan videomurojaat bilan 8 avgustda yapon xalqiga yuzlanadi, deb xabar bermoqda Yaponiya imperator saroyi boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda NHK nashri. Telekanalning ta'kidlashicha, imperator avvalroq yaqinlarini taxtdan voz kechish istagidan voqif qilgandi. Taxt uning o‘g‘li shahzoda Naruxitoga topshiriladi.
Imperator saroyi boshqarmasining ma'lum qilishicha, imperatorning murojaati 10 daqiqaga yaqin davom etadi. Murojaat mahalliy vaqt bilan soat 15.00da (Toshkent vaqti bilan 9 avgust soat 11da) efirga uzatiladi. Murojaat boshqarmaning saytida ingliz va yapon tillarida ham chop etiladi.
Ta'kidlanishicha, bu imperatorning tarixdagi 2-videomurojaati bo‘ladi. U birinchi murojaatini 2011 yilda Yaponiyadagi vayronakor zilziladan keyin qilgandi.
Imperatorning murojaatidan keyin mamlakat hukumati tomonidan bunga izoh beriladi.
Yaponiyaning taxtdan voz kechgan oxirgi imperatori Kokaku bo‘lgan edi. U o‘z taxtini o‘g‘liga 1817 yilda topshirgandi.