Moskva byudjyetiga muhojirlardan tushadigan soliq neft-gaz sohasidan tushadigan to‘lovlardan ko‘proqni tashkil qildi

Jahon 20:50 / 06.08.2016 8295

2016 yil 1-yarmida Moskva byudjyetiga mehnat muhojirlari daromadidan olinadigan soliq to‘lovlari 6,8 mlrd rublga yetdi hamda neft kompaniyalari daromadidan olinadigan soliqdan 2,3 marta ko‘proqni tashkil qildi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.  

"Moskvada 1-yarim yillikda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patentga hujjatlar kuniga 1200 muhojirdan olingan. 2016 yilda Moskvada ishlash patentiga to‘lov o‘lchami 4200 rublni tashkil qilmoqda", deb aytdi Moskvaning iqtisodiy siyosati departamenti rahbari Maksim Reshetnikov.

Uning aytishicha, 2016 yilning birinchi 6 oyida Moskva migratsion markazi 195 mingta ishlash huquqini beruvchi patent bergan, 199 mingta tibbiy ko‘rik va rus tili, tarixi va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha 128 mingta test o‘tkazgan.

Ko‘proq yangiliklar: