Misrning sobiq oliy muftiysi Ali Jumaga 5 avgustda suiqasd uyushtirildi. Mamlakat ichki ishlar vazirligi imomga hech narsa qilmaganini ma'lum qilgan.
Voqea Qohiraning yaqinidagi 6 Oktyabr deb nomlangan shaharda juma namozi oldidan yuz bergan. Diniy ulamo maviza o‘qishi kerak bo‘lgan masjidlardan biriga odatdagidek piyoda ketayotgan bo‘lgan. U masjidga deyarli yetib kelganda yaqin oradagi xiyobondan u tomonga o‘q uzilgan. Ali Jumaning o‘ziga hech narsa qilmagan, faqatgina uni qo‘riqlab borayotgan politsiyachi yaralangan.
Ayni vaqtda Misrdagi birorta ekstremistik guruh suiqasd uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Juma mamlakatning muftiysi lavozimini 2003-2013 yillar davomida egallagan.