Gretsiyalik suzuvchi qiz Feodora Jyareni doping testidan o‘tolmagani uchun Olimpiada o‘yinlaridan chetlatildi. Bu haqda Kathiemerini gazetasi xabar qilgan.
Jyareni iyul oyida Afinada doping uchun test topshirgan va aynan o‘sha probalardan taqiqlangan modda topilgan.
Jyareni Olimpiadada suzish sport turi bo‘yicha qatnashishi kerak edi. U 2013 yilda yirik musobaqa hisoblangan O‘rta Yer dengizi chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.