Ko‘pchilik yil davomida yoz kelishini kutib yashaydi. Ochiq osmon, ta'til, plyaj va shu bilan birga issiqni salomatlikka ta'siri muammolari. Asosiy muammolardan biri bu quyosh yoki issiq urishi hisoblanadi. Quyidagi maqola quyosh urganda ko‘rsatiladigan birinchi yordam haqida tasavvur va bilimingizni oshirishda ko‘mak beradi.
Biologiya
Organizmimizdagi tana haroratimiz Tselsiy bo‘yicha 36,6 darajani tashkil etadi. Terlash tanani qizib ketishdan saqlab turadi va ortiqcha energiyani chiqarib tashlaydi. Ammo istalgan payt termonazorat jarayoni ishdan chiqishi mumkin, ayniqsa, yozda bu jarayon tez-tez uchrab turadi.
Organizmdagi termonazorat buzilish sabablari
Umuman olganda, odam kuchli mavjudot hisoblanadi. Organizmdagi istalgan jarayonni buzish uchun biror-bir jiddiy sabab bo‘lishi kerak. Issiq urishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: yuqori harorat va namlikda uzoq vaqt qolish; tik quyosh nuri ostida uzoq vaqt bo‘lish; mana shu holatlarda o‘ta faol bo‘lish; suv yetishmasligi.
O‘ylagandan ko‘ra xavfli
Issiq urishi odamlar orasida jiddiy qabul qilinmaydi, ammo xato qilinadi. Termonazorat tizimining buzilishi tezlik bilan suv-tuz me'yorini buzilishiga, qon aylanishining sekinlashishiga va yurak aritmiyasiga olib keladi. Issiq urishi natijasida ko‘p hollarda yurak urishi to‘xtab qoladi va miyaga qon quyiladi.
Alomatlari
Issiq urgach, organizm favqulodda holatga o‘tadi va yashab qolish uchun nimanidir qurbon qilishga tayyorlanadi. Keyingi alomatlar quyosh ostidan darhol ketish lozimligiga ishora qiladi: holsizlik, bosh aylanishi, rangning oqarishi, terlashning kuchayishi, haroratning oshishi va hushdan ketish.
Nima qilish kerak?
Issiq urishining dastlabki alomatlari darhol reaksiya berishga undaydi. Har qanday holatda “tez yordam” xizmatini chaqirishga to‘g‘ri keladi. Avvalo, vaziyatni o‘zingiz baholay biling: jabrdiyda soya va salqinda o‘zini yaxshi his etadi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, havo aylanadigan va salqin bino ichiga kirish lozim. Jabrdiydaning boshi yuqori holatda bo‘lishi kerak. Tana kengroq maydonda joylashishi lozim, bu tanadan ortiqcha energiya chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Peshonaga qo‘yilgan muzdek kompress insonni hushiga keltiradi. Ko‘p suyuqlik ichish suv-tuz me'yorini joyiga keltiradi. Agar yoningizda valerian bo‘lsa, unda 20 tomchi qo‘yib ichib yuborilsa, hammasi joyiga tushadi.