Yengil atletika bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, keniyalik Kipchoge Keyno sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun XOQning maxsus sovrini "Olimpiya dafna yaprog‘i"ning birinchi sohibiga aylandi.
Uni tantanali topshirish marosimi 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari ochilish chog‘ida "Marakana" stadionida bo‘lib o‘tdi.
"Ushbu mukofotni olganimdan faxrlanaman. Men har doim sportni birlashtiruvchi kuchga ega deb bilganman. Sportning yana bir yaxshi jihati insonni tarbiyalashidir. Shunga ko‘ra, biz kelajagimiz bo‘lgan bolalarga e'tibor berishimiz kerak", - degan Keyno.
Ayni vaqtda Keniya Olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qiluvchi Keyno 1968-yilgi Olimpiya o‘yinlarida 1500 m va 5000 metrga yugurish bo‘yicha oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan. 1972-yilgi Olimpiya musobaqalarida ham 3000 metrga to‘siqlar osha va 1500 metrga yugurishda oltin va kumush medallarga sazovor bo‘lgan edi. U, shuningdek, XOQning Olimpiya ordeni sohibi hisoblanadi.