Google avtomobil dasturi bosh texnigi kompaniyadan ketdi

Fan-texnika 14:09 / 06.08.2016 4857

Google kompaniyasi haydovchisiz harakatlanadigan avtomobillar yaratish va ishlab chiqish dasturining bosh texnigi Kris Urmson, kompaniyani tark etishi haqida e'lon qildi. 

«Yetti yarim yil muqaddam, o‘sha vaqtda Google kompaniyasining ichki maxfiy loyihasi bo‘lgan dasturga qo‘shilgan edim. Undan avval, o‘nlab yillar mobaynida o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobillar ilmiy fantastikaga oid xomxayol bo‘lib kelgandi. Biz uni amalga oshira olamizmi?, degan savol o‘ylantirardi» — deb yozgan Kris o‘z blogida. 

U, shuningdek, «yangi sarguzashtlarni qidirayotgani bois», kompaniyani tark etishga qaror qilganini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: