Fuqarolarning talab va istaklariga binoan Ellikqal'adagi musiqa maktabining ikkita filiali ish boshladi

Jamiyat 11:57 / 06.08.2016 13798

O‘zbekiston Prezidentining 2009-2014 yilgi bolalar musiqa va san'at maktablari texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Ellikqal'a tumanidagi Bo‘ston shahri markazida joylashgan 18-sonli bolalar musiqa maktabi yangidan qurib bitkazilib, 2014 yilning 28 sentabr kuni foydalanishga topshirildi. 2014-2015 yangi o‘quv yilida ushbu maktabga 85 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilindi va jami o‘quvchilar soni 153 nafarga yetdi.

2014 yil “Kamalak bolalar ijodiyoti festivali”ga maktabimizning bir necha iste'dod egalari qatnashib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.   2015 yilning 27 fevral kuni Nukus shahri 12-son bolalar musiqa va san'at maktabida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Zamonimiz ko‘ychisi” nomli Respublika tanlovida Aliyeva Nursuluv 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

10 yanvar kuni maktab o‘quvchilarining yarim yillik hisobot konserti juda ham ko‘tarinki ruhda bo‘ldi, nafaqat tumanimizdan, balki qo‘shni To‘rtkul va Beruniy tumanlaridan ham mehmonlar tashrif buyurdi.

Maktab o‘quvchilari 2015 yilning aprel oyida Toshkent shahrida “Keksalarni e'zozlash yili”ga bag‘ishlangan “Navro‘z sadolari” I xalqaro ko‘povozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar festivalida III-darajali diplomga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, aprel oyining 25-26 kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “San'at g‘unchalari” Respublika tanlovida estrada bo‘limi 7-sinf o‘quvchisi Aliyev Denis Ali o‘g‘li rag‘batlantiruvchi diplom bilan taqdirlandi. Kontsert dasturi bo‘lishi bilan bir qatorda 14 nafar bitiruvchi o‘z guvohnomalariga ega bo‘lishdi.

2015 yil 8 iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan bolalar musiqa va san'at maktablari o‘quvchilarining san'at yo‘nalishi bo‘yicha Respublika tanlovida amaliy san'at bo‘limi 1-sinf o‘quvchisi Shermatov Sanjar mamlakat bosqichida I darajali diplom va laureatlik unvoniga ega bo‘ldi.

2016 yil  “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalida Shirmatov Sanjar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 1-darajali diplom bilan taqdirlanib, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

2016 yil “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalida xoreografiya bo‘limi o‘quvchisi Komilova Dilnura Koraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 1-darajali diplom bilan taqdirlanib, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

25 mart kuni Nukus shahrida “Akademik va estrada ijrochiligi” bo‘yicha o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida Estrada xonandalik bo‘limi 5-sinf o‘quvchisi Soburov Og‘abek Ergash o‘g‘li 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Shu yilning 2 aprel kuni Nukus shahri 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida o‘tkazilgan Bolalar musiqa va san'at maktablari o‘quvchilarining “Akademik va estrada ijrochiligi” Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi va bu tanlovda an'anaviy xonandalik bo‘limi 4-sinf o‘quvchisi Xojahmedov Sherxon Jumanazar o‘g‘li 2-darajali diplom taqdirlandi.

2015-2016 o‘quv yiliga bahorgi arizalar qabuli 25 apreldan 25 maygacha, maslahat darslari 26 maydan 28 maygacha, qabul sinovlari 29 maydan 1 iyungacha bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, yozgi arizalar 25 iyundan 25 avgustgacha, maslahat darslari 26 avgustdan 28 avgustgacha va 29 avgustdan 30 avgustgacha qabul qilish sinov imtihonlari olindi.

Yoshlarda Bolalar musiqa va san'at maktabiga bo‘lgan ishtiyoq sabab “Guldursun” OFY va “Toza-bog‘” OFYda yashovchi  ota-onalardan 100ga yaqin ariza tushdi. Ota-onalarning arizalarini, o‘quvchilar qiziqishini, san'atga, musiqaga, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, sadoqatliligini, o‘quvchilarni bilim olish uchun shart-sharoitlarni inobatga olib 2015 yil 28 avgustdagi tumanimiz hokimining qaroriga asosan “Toza-amirobod” OFYda xalq ta'limi muassasalarini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 24-son umumta'lim maktabida 1-filial va “Guldursun” OFY 30-son umumta'lim maktabida esa 2-filial tashkil qilindi. 18-son bolalar musiqa va san'at maktabi filiallari ya'ni 1-filialiga 42 nafar o‘quvchi, 2-filialiga 40 nafar o‘quvchi jami maktabning 1-sinfiga 172 nafar o‘quvchi qabul qilindi. O‘quvchilarining umumiy soni 264 nafarga yetgan maktabimizning iste'dod egalari hozirda 11 ta oliy, 21 ta o‘rta maxsus o‘qituvchi-ustozlaridan ta'lim-tarbiya olib, musiqa va san'at sirlarini o‘rganib kelishmoqda.

Ellikqal'a tuman 18-son Bolalar musiqa va san'at maktabi direktori Rahmatjon Saidov.

Ko‘proq yangiliklar: