Parijdagi Eyfel minorasi oldidagi binodan odamlar evakuatsiya qilingan. Bu haqda voqea guvohlari ma'lum qilmoqda. Ular voqea joyidan olingan suratlarni internetda joylashtirmoqdalar.
Voqea joyida bo‘lgan odamlarning aytishicha, minora oldiga politsiya xodimlari va harbiylar yetib kelgan. Yaqin orada joylashgan bino ichiga hech kim qo‘yilmayapti. Evakuatsiya sabablari ma'lum qilinmagan.
Hozircha voqea yuzasidan hech qanday rasmiy izoh berilmagan.