Fransiya prezidenti: «Fransiya terrorizmdan himoyalanishni o‘rganib oldi, Olimpiada bizda o‘tishi kerak»

Sport 18:53 / 06.08.2016 6195

Fransiya prezidenti Francua Olland 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari aynan Fransiyada o‘tishiga umid qilishini aytdi.

«Fransiya 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun ideal joy. Chunki bizning mamlakat oxirgi yillarda terrorchilar bilan juda ko‘p to‘qnash kelib, xavflarni bartaraf eitishga o‘rganib qoldik.

Yevropa chempionatiday yirik musobaqada xavfsizlikni ta'minlay oldik. Kimdir terrorizm bizga xavf solmaydi, deb o‘ylasa adashadi. Dunyoda bunday mamlakat yo‘q»,- deydi Olland.

Ko‘proq yangiliklar: