AQShning Federal qidiruv byurosi so‘nggi o‘n mobaynida olib borgan surishtiruv ishlari chog‘ida 5 ming dona elektron qurilmadan 650tasini ochishning uddasidan chiqa olmagan. Ular tergov ishlari doirasida ekspertizadan o‘tkazilishi lozim edi. FQB direktori Jyeyms Komi San-Frantsisko shahrida chiqish qilar ekan, ushbu ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashgan.
Komi shuningdek, o‘z ma'ruzasida Apple kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan mojaroni ham yodga oldi.
Shu yilning fevral oyida Kaliforniya shtati Riversayd shahri sudi Apple kompaniyasiga San-Bernardino shahrida qo‘poruvchilik sodir etgan Said Farukning smartfonidagi ma'lumotlarni olishda, FQBga yordam berish majburiyatini yuklagan edi. Ammo, kompaniya rahbari Tim Kuk, FQB talabi bo‘yicha sudda tortishish niyati borligini, tergov jihatidan lozim bo‘lgan ma'lumotlar taqdim etilgani bois, smartfon himoya dasturini buzishda yordam beradigan dasturiy ta'minot taqdim etilmasligini bildirgandi. Bu kompaniya foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari davlat tomonidan o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkinligi vaj qilib ko‘rsatilgandi.
FQB direktorining fikricha, uning boshqarmasi o‘z foydasiga dalillar to‘plamoqda. Xususan, Komining aytishicha, jamoatchilik xavfsizligini ta'minlash uchun alohida bir kishining shaxsiy ma'lumotlarini olish borasida inson huquqlari chetlab o‘tilsa, zarar qilmaydi.