Belgiyaning Sharlerua politsiyasida avvalroq machete bilan ikki politsiyachini yaralagan erkak o‘lgani aytildi. Politsiyachilarning hayotiga esa hech narsa xavf solmayapti.
"Machete bilan hujum qilgan erkakning o‘lgani tasdiqlanmoqda. Ikki hamkasbimiz hayotiga hech narsa xavf solmayapti", deb ma'lum qildi politsiya tvitterda va barchaga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq Sharleruada noma'lum kimsa ikki politsiyachiga politsiya idorasi yonida machete bilan hujum qilgan. Bosqinchi uchinchi politsiyachi tomonidan yaralangan. Politsiyachilardan biri chuqur yuz jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Bosqinchi ham og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan. Belgiya ichki ishlar vaziri Yan Yambon vazirlik huzuridagi tahdidlarni tahlil qilish markazi ushbu hodisani o‘rganayotganini ma'lum qilgan.
Mamlakatda 24 martdan beri terrorchilik xavfining yuqori darajasi, ya'ni to‘rt imkoni bor darajadan uchinchisi amal qilmoqda. 4-xavflilik darajasi 22 martda Bryussel aeroporti va metrosidagi teraktlardan keyin kiritilgandi va ikki kun o‘tib "terakt xavfi mavjud bo‘lishi mumkinligini" anglatuvchi 3-darajaga tushirilgandi.