Belgiya Buyuk Britaniyadan 50-yillardan beri yig‘ib kelingan, 3 mingta odam miyasi namunalarini oldi, deb xabar bermoqda RTL.
Ta'kidlanishicha, bu ruhiy nosog‘lom kishilarga tegishli bo‘lgan miyalar saqlanuvchi Yevropadagi eng katta kolleksiyadir. Ma'lum qilinishicha, unda tushkunlik, shizofreniyadan aziyat chekkan odamlarning miyalari namunalari bor.
"Bu kolleksiyaning noyobligi shundaki, 50-yillar boshida ko‘plab odamlar ruhiy davolanishdan o‘tmagan, chunki o‘sha zamonlarda kerakli dorilar bo‘lmagan", deb aytdi ruhshunos Manuel Morrens.
Ma'lum qilinishicha, Londonning shifoxonalaridan biri bu kolleksiya katta joyni egallagani sababli undan voz kechmoqchi bo‘lgan. Bu miyalar kolleksiyasini Anteverpen yaqinidagi shifoxona olimlari mamnuniyat bilan qabul qilganlar.