Argentina prezidenti Makri: Messi 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi

Sport 09:02 / 06.08.2016 5140

Hujumchi Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytadi. "Barselona" hujumchisi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatida terma jamoani o‘z ortidan olib boradi, deb aytdi Argentina prezidenti Maurisio Makri. 

"Messi Rossiyadagi jahon chempionati ishtirokchilari orasida bo‘ladi. U eng yaxshilardan biri bo‘ladi. Biz Messi o‘zini qulay his qilishi uchun barcha ishni qilishimiz kerak. Men u bilan gaplashdim va unga barcha qilayotgan ishi uchun minnatdorchilik bildirdim. Amerika Kubogida u bor kuchini berdi, biroq har doim ham istagan narsangga erishishning iloji bo‘lmaydi", deb aytdi Makri.   

Amerika Kubogi finalida Argentina Chiliga yutqazgandan keyin, Messi xalqaro faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi.

Manba: Tribuna.Uz

Ko‘proq yangiliklar: