Yaponiyadagi jazirama sabab 900 ga yaqin kishi shifoxonaga tushdi

Jamiyat 18:09 / 06.08.2016 6071

Yaponiyada jazirama tufayli bir kun ichida kamida 889 kishi shifoxonaga yotqizilgan. NHK telekanalining xabar berishicha, ulardan uch nafar hushini yo‘qotgan.

Oita va Osaka singari hududlarda havo harorati Tselsiy bo‘yicha 38 darajaga ko‘tarilgan. Tokioda esa bu ko‘rsatkich 35 darajani tashkil qilmoqda. Bu kabi holat mamlakatning 113 ta kuzatuv stansiyasida qayd etilgan.

Qutqaruvchilarning aytishicha, ana shunday noodatiy issiq havo sabab suvda baxtsiz hodisalar soni ko‘paymoqda. So‘nggi kunda to‘rt kishi suvga cho‘kib ketgan, yana biri hushsiz holatda.

Joriy yilda Yaponiyada issiq urishi oqibatida ilk bor shifoxonaga tushish holati aprel oyida kuzatilgan edi. Shu vaqtdan beri mamlakat shifoxonalarida 25 ming kishi issiq urishi bilan tushdi va ulardan 10 nafari halok bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: