AQShda 8 million xavfsizlik yostiqchalari tekshiriladi

Fan-texnika 14:05 / 06.08.2016 4022

AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy ma'muriyati (NHTSA) ARC Automotive kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 8 mln donadan ortiq nosoz xavfsizlik yostiqchalariga oid tekshiruv ishlarini boshladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

Surishtiruv ishlariga iyul oyida Kanadada ro‘y bergan hodisa turtki bo‘lgan. 
Hyundai avtomobili haydovchisi, to‘qnashuv chog‘ida yostiqchaning nasosi yorilib ketgani tufayli halok bo‘lgan edi. 

ARC kompaniyasi ishlab chiqqan xavfsizlik tizimlaridan General Motors va Fiat Chrysler Automobiles (FCA) alyansi hamda Janubiy Koreyaning Hyundai va Kia kompaniyalari foydalanib keladi. NHTSA ma'lumotlariga ko‘ra, 2004 yildan hozirgi vaqtgacha, avtomobil ishlab chiqaruvchilari 8 mlndan ortiq nosoz xavfsizlik yostiqchalarini o‘rnatgan bo‘lishi mumkin. 

NHTSA vakilining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot ARC tizimlarini tanlab, tekshiradi. Qayd etish joizki, ARC firmasiga qarshi birinchi da'vo ishi 2015 yil iyulida ochilgan edi. O‘shanda, 490 ming mashinadagi xavfsizlik tizimi shubha ostiga olingandi.

Ko‘proq yangiliklar: