Rio-2016. Braziliya 1 kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab, JAR darvozasiga gol ura olmadi

Sport 08:00 / 05.08.2016 5522

4 avgust oqshmoida Rio-2016 Olimpiadasida futbol bo‘yicha musobaqalar start oldi.

Turnir mezbonlari bo‘lmish Braziliya olimpiyachilari Janubiy Afrika yoshlariga qarshi maydonga tushib, raqiblar darvozasiga gol ura olishmadi.

O‘yinning 59 daqiqasida afrikaliklar hujumchisi Mvala maydondan chetlatildi, lekin o‘yinda hisob ochilmadi.

4 avgust, «Braziliya milliy stadioni»
Braziliya U-23 – JAR U-23 0:0
Braziliya U-23 – Ueverton, Markinos, Duglas Santos (Vilyam, 84), Ze Karlos, Rodrigo Kayo, Felipe Anderson (Luan, 60), Tiago Mayya, Renato Augusto (Rafinya, 67), Neymar, Gabriel, Gabriel Jyezus.
JAR U-23 – Kxune, Modiba (Ntshangase, 70), Kutzeye, Matoxo, Mobara, Mekoa, Masuku (Morris, 58), Motupa, Dolli, Motiba, Mvala.
Ogohlantirishlar: Mvala (56), Tiago Mayya (73), Matoxo (90), Markinos (90).
Chetlatish: Mvala (59)

Ko‘proq yangiliklar: