Yangi Zelandiyada 40 ming maori o‘z huquqlari uchun namoyishga chiqdi

Jahon 16:56 2199

Yangi Zelandiya parlamenti binosi oldida mahalliy maori xalqining 40 mingdan ortiq vakili yig‘ildi. Ular Britaniya va maori xalqi o‘rtasidagi 1840 yilgi kelishuvni qayta talqin qiluvchi qonun loyihasiga qarshi norozilik bildirdi, deb xabar berdi BBC.

Qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotgan parlament binosiga Maori qirolichasi Nga Vay Xono ham bordi. Bu norozilik marshi tarixdagi eng yirik namoyishga aylandi. Maorilar hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi Act Political partiyasi tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga qarshi norozilik bildirmoqda. Hujjat 1840 yilda ingliz mustamlakachilari va bir qancha maori qabilalari boshliqlari tomonidan imzolangan Vaytangi kelishuvini yangi talqinini o‘z ichiga oladi, u bugungi Yangi Zelandiyaning ta’sis hujjati hisoblanadi.

Shartnomada faqat uchta modda bor. Birinchisida boshliqlar suverenitetni Britaniya tojiga beradi, ikkinchisida Britaniya Yangi Zelandiyadagi barcha odamlar uchun mulk huquqini kafolatlaydi, uchinchisi yangi zelandiyaliklar uchun Britaniya sub’yektlarining himoyasi, huquqlari va imtiyozlarini va’da qiladi.

Yangi qonun loyihasi mualliflarining fikricha, bu Yangi Zelandiya nafaqat maori va Britaniya mustamlakachilari, balki ko‘p millatli mamlakat ekanligi haqiqatini aks ettirish uchun zarur. Biroq qonun loyihasi tanqidchilari hujjat Yangi Zelandiyadagi tub aholining qonuniyligiga tahdid soladi, deb hisoblamoqda.

O‘tgan hafta maori deputatlari qonun loyihasiga norozilik bildirish uchun xaka raqsiga tushib, parlament ishini buzgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: