Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrish BMT Xavfsizlik kengashida BMT bosh kotibi lavozimiga ovoz berishning 2-bosqichida nomzodlar orasida yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Guterrish 11 ta ma'qullov ovozi, ikkita qarshi va ikkita betaraf ovoz olgan.
Ovoz berishning 1-bosqichi natijalariga ko‘ra ham Guterrish yetakchilik qilgandi, 2-o‘rinda Sloveniyaning sobiq prezidenti Danilo Tyurk borayotgandi.
BMT Xavfsizlik kengashi bosh kotib lavozimiga nomzodni BMT Bosh assambleyasida ma'qullashi va tavsiya qilishi kerak, so‘ngra tashkilotning 193 a'zosi ovoz berish o‘tkazishadi. BMTning amaldagi bosh kotibi Pan Gi Mun o‘z lavozimini ikkita 5 yillik muddatdan keyin 2016 yil 31 dekabrda tark etadi.