Olimpiada ochilish marosimida 45 ta davlat rahbari bo‘lishi kutilmoqda

Sport 07:42 / 05.08.2016 7099

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaning ochilish marosimiga 45 ta davlat va hukumat rahbari tashrif buyurishi kutilmoqda. Yuqori martabali mehmonlar soni 2008 yildagi Pekindagi (80 nafar) va 2012 yildagi Londondagi (70 nafar) Olimpiadalardagidan kamroqni tashkil qilmoqda.

Ochilish marosimi 5 avgustda "Marakana" stadionida bo‘lib o‘tadi. Aytilishicha, 45 rahbarning ishtirok etishi iyul oxirida Braziliya tashqi ishlar vaziri tomonidan aytib o‘tilgan, biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan rasman e'lon qilinmagandi.

Avvalroq Lotin Amerikasi davlatlaridan Argentina va Paragvay prezidentlari marosimda ishtirok etishlarini tasdiqlagandilar. Xitoy Braziliya bilan yaqin aloqalarga qaramasdan, Olimpiadaga bosh vazir o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani yuboradi. Yevropa davlatlaridan Germaniya, Fransiya va Portugaliya prezidentlari ochilishi marosimida ishtirok etadilar.
 

Ko‘proq yangiliklar: