"Mersedes" elektrokarlar uchun subbrend yaratadi

Fan-texnika 20:02 / 05.08.2016 5291

Mercedes-Benz kompaniyasi elektrokarlar ishlab chiqariluvchi alohida subbrend yaratadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ayni vaqtda nemis kompaniyasi rahbariyati o‘zining yangi elektrokarlar qatori uchun nom izlamoqda. Avvalroq kompaniya to‘liq elektr kuch qurilmasiga ega kamida 4 ta model – 2 ta sedan va 2 ta yo‘ltanlamas negiziga yotadigan yangi platforma yaratayotgani ma'lum qilingandi. 

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu platforma EVA deb nomlanadi. Unda C-Class va S-Class oilalari uchun qo‘llanadigan MRA model shassisining bir qator komponentlari qo‘llanadi. Nemislar yangi loyihaga 2 mlrd yevro investitsiya qilishmoqchi.

Birinchi prototip 2016 yil oktabrda Parij avtosalonida namoyish qilinadi. Bu mashina o‘rta o‘lchamdagi yo‘ltanlamas bo‘lib, uning seriyali versiyasi Tesla Model X’ga raqobat tashkil qilishi mumkin bo‘ladi. Krossover akkumulyatorni qayta quvvatlashsiz 500 km yo‘l o‘ta oladi.

Elektromobillarning seriyali ishlab chiqarilishi Bremendagi korxonada yo‘lga qo‘yiladi. Bu zavodda shuningdek GLC krossoverining vodorod yonilg‘i yacheykalariga asoslangan dvigatelli yangi modifikatsiyasi ishlab chiqariladi.

Mercedes-Benz GLC F-Cell prototipi 2016 yil iyunda namoyish qilingandi. Yo‘ltanlamas vodorod uchun ikkita yonilg‘i baki oldi, u 3 daqiqa ichida to‘ldiriladi. Bundan tashqari, prototip 9 kilovatt-soatlik litiy-ionli batareya bilan jihozlandi, bu batareya maishiy elektr tarmoqdan quvvatlanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: