«Spartak» jamoa bosh murabbiyi Dmitriy Alenichevning iste'foga chiqarilgani haqida e'lon qildi.
«5 avgust kuni «Spartak» bosh murabbiyi Dmitriy Alenichev «Spartak»dagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. «Spartak-Moskva» futbol klubi direktorlar kengashi Dmitriy Anatolevichning iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi.
Yangi murabbiy tayinlangunicha uning vazifasini Massimo Karrera bajaradi.
«Spartak-Moskva» futbol klubi Dmitriy Alenichevga o‘tgan vaqtdagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelgusida muvaffaqiyatlar tilaydi», – deyilgan qizil-oqlar jamoasi sayti xabarida.