«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Boing kompaniyasi bilan ikkita Boeing-787 Drealmliner sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ulardan biri bo‘yoqdan chiqdi. Bu haqda @ViktorVTsoy nikli tvitter foydalanuvchisi o‘z mikroblogida xabar qoldirgan.
Dreamliner'ga O‘zbekiston bayrog‘ining ranglari tushirilgan. Uning yuqori qismida «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining ramzi tasvirlangan.