Tojikistonning So‘g‘d viloyati sudi 10 sinf o‘quvchisini 10,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bunga sabab o‘smir IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, o‘smir ijtimoiy tarmoq orqali Tojikiston uchun maxsus tayyorlangan foto va videoroliklarni tarqatgan.
«O‘smir yigit ekstremistik harakatlarni ijtimoiy tarmoqlarda ochiq murojaat tarzda olib borgan», — dedi sudya.