Rossiyalik ayol o‘z xonadonidan deyarli 900 nafar xorijlikni ro‘yxatdan o‘tkazgani uchun sud qilinadi

Jamiyat 15:15 / 04.08.2016 5443

Rossiyaning Primorya o‘lkasida yashovchi ayol deyarli 900 nafar xorijlikni o‘z xonadonida ro‘yxatdan o‘tkazgani uchun sud qilinadi. Bu haqda Primorya prokurori yordamchisi Yelena Telegina ma'lum qilgan.

"Ayolga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 322.3 moddasi (chet el fuqarolarini soxta ro‘yxatga olish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Ish bo‘yicha materiallar sudga topshirilgan", - dedi prokuratura vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilning mart oyidan may oyiga qadar bo‘lgan davrda ma'lum miqdorda pul evaziga ayol o‘z xonadoniga 893 kishini soxta ro‘yxatga qo‘ygan. Ular ichida Xitoy, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston fuqarolari bor.

Ko‘proq yangiliklar: