Moskva yaqinida o‘ziga xos hodisa yuz berdi. Alisa Kosheleva o‘zini yomon his qildi va pulli hojatxonalardan biriga kirdi. U yarim soatga yaqin hojatxonada qolib ketgandan keyin nazoratchi eshikni taqillatib, Alisadan tezroq chiqishini talab qilgan.
Qiz o‘zini yomon his qilayotganini aytsa ham, tahdid davom etgan va nazoratchi politsiya chaqirgan. Bu haqda LiFE xabar bermoqda.
«Menda spazma bilan bog‘liq surunkali kasallik xuruj qildi, shu sabab hojatxonada 20 daqiqacha qolib ketdim. Hojatxona xodimi politsiya chaqirdi»,- deydi Alisa.
Politsiya qizdan nima sababdan bunchalik uzoq qolib ketganini so‘ragan va undan shubhalana boshlagan. Ma'lum bo‘lishicha, undan narkokurerlikda shubhalanishgan.
Alisani politsiya uchastkasiga olib borishgandan keyin uni shifokorlar tekshirgan va rostdan ham betob ekani aniqlangan. Uch soat mahkamada qolib ketgan Alisaga ikki marta tez yordam tibbiy ko‘mak ko‘rsatgan. Keyin qizni uyiga qo‘yib yuborishgan.