Noma'lum shaxs Fransiyada tergov izolyatoriga hujum qilib, odamlarni garovga olgan. Bu haqda BFM telekanalida xabar tarqatildi.
Qayd etilishicha, bu hodisa mamlakat g‘arbidagi Le-Man shahrida ro‘y berdi. Qamoqxona mahbuslaridan biri va xodimlar garovda ekani aytilmoqda.
Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Voqea joyiga maxsus topshiriqli guruhlar yuborilgan.