Qozog‘iston prezidenti 5 avgust kuni Turkiyaga boradi

Jahon 19:26 / 04.08.2016 7714

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev juma kuni Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anning matbuot xizmati xabar berdi.

"Prezident Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 5 avgust kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiyaga keladi. Tashrif chog‘ida ikki prezident o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkaziladi, shuningdek ikki mamlakat delegatsiyalari muzokara qilishadi. Bizning strategik hamkorimiz bo‘lmish Qozog‘iston bilan barcha sohalarda, jumladan Turkiy tillarda so‘zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi faoliyatini kengaytirish masalasida muhokamalar o‘tkaziladi", — deyilgan Turkiya yetakchisi ma'muriyati xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: