AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Argentina poytaxti Buenos-Ayresdagi matbuot-anjumanda AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyatining Eronga 400 mln dollar naqd pul berish qarorini himoya qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Shu bilan birga Kerri pullar Tehron tomonidan amerikalik mahbuslarni ozod qilishga yo‘llangan pul bo‘lgani haqidagi axborotni rad etdi.
"AQSh garov puli to‘lamaydi", deb aytdi Kerri. Uning aytishicha, pullar Eronning Gaaga tribunalida AQSh va Eron o‘rtasidagi o‘zaro da'volarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Eronning shikoyatlari doirasida amalga oshirilgan.
Avvalroq The Wall Street Journal AQSh ma'muriyati joriy yil boshida Eronga 400 mln dollar naqd pul bo‘lgan samolyotni jo‘natganini ma'lum qilgandi.
Ta'kidlanishicha, bu bortida 400 mln dollarga teng xorijiy valyuta ortilgan, tanish belgilariga ega bo‘lmagan yuk samolyoti bo‘lgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Eron bu pullarga 4 nafar amerikalik mahbusni ozod qilish uchun transh sifatida qaragan bo‘lishi mumkin, biroq Oq uy bu bog‘liqlikni rad etmoqda.