Qozog‘iston musulmonlari ittifoqi (QMI) Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeronga ittifoq rahbari Murat Telibekovning maslahatchisi bo‘lish taklifini berdi. Bu haqida Tengrinews.kz xabar tarqatgan.
Qozog‘istonliklar Kemeronga 3 mln funt (1,4 milliard tenge) miqdorida oylik maosh taklif qilishgan. Shuningdek, u taklifni qabul qilish orqali Qozoq sultoni maqomini olishi hamda uning ixtiyorida mamlakatdagi eng chiroyli qizlar yig‘ilgan haram bo‘lishi mumkin.
Qolaversa, u jamoat transportidan tekinga foydalanishi mumkin.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston musulmonlari ittifoqining Kemeronga ikkita talab qo‘yadi: Qozoq tilini o‘rganish va cunnat qildirish.
Devid Kemeron joriy yilning 13 iyulida Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidan iste'fo berdi. Uning o‘rniga Tereza Mey Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘ldi.