Armaniston bosh prokurori iste'foga chiqdi

Jahon 16:16 / 04.08.2016 4915

Armaniston bosh prokurori Gevorg Kostanyan iste'foga chiqdi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatdi.

"Armaniston bosh prokurori Gevork Kostanyan iste'fo haqida ariza yozdi. Murojaat mamlakat prezidenti Serj Sargsyan tomonidan qabul qilindi", degan bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Kristine Melkonyan.

Uning iste'fo berish sababi aniq aytilmagan. Bunga uning sog‘ligida muammo sabab ekani taxmin qilinmoqda.

Uning o‘rnini kim egalashi mumkinligi haqida ham ma'lumot yo‘q.

Kostanyan bu lavozimda 2013 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: