AQSh Tinch okeaniga bombardimonchi samolyotlarini safarbar etadi

Jahon 10:06 / 04.08.2016 5018

AQSh mudofaa vazirligi so‘nggi 10 yilda ilk marotaba Tinch okean hududiga, o‘ta harakatchan strategik bombardimonchi B-1B Lancer samolyotlari eskadrilyasini yuborishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Amerika mintaqaviy qo‘mondonligi.

Samolyotlar Guam orolidagi Andersen bazasiga joylashtiriladi. Bu yerda ular B-52 bombardimonchi samolyotlar o‘rnini egallaydi. Harbiy bazaga shuningdek, HHKning 300ga yaqin harbiy xizmatchisi safarbar etiladi. Mariana orollari arxipelagiga kiruvchi Guam AQSh hududi hisoblanadi. 

Qayd etilishicha, V-1 "qurollarni tashish va masofadan turib zarba berish borasida imkoniyatlari kuchli ekani bilan ajralib turadi".

CNN telekanalining xabariga ko‘ra, Guam bazasidagi samolyotlar Janubiy-Xitoy dengizi va Koreya yarimorolida patrullik qiladi. 

AQSh birinchi holatda, XXRga xalqaro suvlar va havo kengliklarida suzish hamda parvozlarning erkinligini namoyish etishni xohlayotgan bo‘lsa, ikkinchi holatda, KXDR hukumatiga mintaqadagi o‘z ittifoqchilari –Janubiy Koreya va Yaponiyani himoya qilish niyatida ekanini ta'kidlamoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: