AQSh Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash dasturiga 15 mln dollar mablag‘ ajratadi, deb bayonot bergan Davlat departamenti rahbari Jon Kerri, Markaziy Osiyoning besh respublikasi tashqi ishlar vazirlari bilan Vashingtonda o‘tkazgan uchrashuvida.
AQSh, shuningdek, Markaziy Osiyo respublikalariga radikallashuv va xorijiy terrorizmga qarshi kurashda ham ko‘mak berish niyatida.
Kerri tomonidan e'lon qilingan ikkita loyiha esa, mintaqa mamlakatlarida savdo va transport infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq.
Kerri bilan uchrashuvda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston respublikalari tashqi ishlar vazirlari qatnashgan.