Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Jamiyat 12:09 / 02.08.2016 46703

Janubiy Koreya Kimchxon shahrida prokuratura ta'qibidan qochgan o‘zbekistonlikni qidirish ishlari 5 soat-u 40 daqiqa davom etgan, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.  

Agentlikning xabariga ko‘ra, Yo‘ldoshev familiyali shaxs mart va iyun oylarida o‘zbekistonlik ayolga tahdid qilgan, biroq o‘shanda unga ayblov e'lon qilinmagan. Politsiya mahkamasi uni topishda yordam bergan kishiga 4,5 ming AQSh dollari miqdorida mukofot tayinlagan. 

Ayni vaqtda uning qochishi bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritilmoqda.  

Qochqinni qidirish ishlariga politsiya va qo‘riqlash xizmatining 500 nafar xodimi safarbar etilgan. U, boshlang‘ich hibsxonadan 3,5 km uzoqlikda mahalliy fuqaro xabaridan so‘ng ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: