Siyosiy vaziyat tufayli «Atletiko»ning «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuvi bekor qilindi

Sport 10:26 / 02.08.2016 5165

Ispaniyaning «Atletiko» klubi Turkiyadagi notinch vaziyat tufayli Istanbulning «Galatasaroy» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilgan. Bu haqida istanbulliklar jamoasining rasmiy sayti xabar bergan.

Mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inlari doirasidagi uchrashuv 6 avgust kuni Istanbul shahridagi «Turk Telekom Arena» stadionida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirildi. Mamlakat rahbariyati isyonni bostirdi. Tartibsizliklar vaqtida tinch aholi vakillaridan 246 kishi halok bo‘lgan (isyonchilar hisobga olinmaganda) va 2 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: