Paralimpiya o‘yinlari chempioni Rio olimpiadasidan keyin evtanaziya orqali hayotiga nuqta qo‘ymoqchi

Sport 10:59 / 02.08.2016 9918

Belgiyalik Paralimpiya o‘yinlari chempioni Marika Vervut Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan 2016 yilgi o‘yinlar tugagach, evtanaziyani amalga oshirish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda  RTL teleradiokompaniyasida xabar qilingan.

"Rio olimpiadasidan keyin sportchilik faoliyatimni yakunlayman. Keyin ko‘ramiz, hayot menga yana nimalar taqdim etar ekan. Men hayotdan bahra olishni istayman", degan u.

"Sport — hayotimning yagona mazmuni. Kasallik bilan kurashish va mashq qilish men uchun juda qiyin.

Men evtanziya haqida o‘ylay boshladim. Ha, men bemor bo‘lsamda, boshqalar orzu qiladigan hayotni yashadim, boshqalar havas qiladigan lahzalarni boshdan kechirdi", degan sportchi ayol.

Le Parisien xabariga ko‘ra, 36 yoshida u sportdagi karerasini, shu bilan birga, hayotini ham davom ettira olmasligini aytmoqda va evtanziya uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashga kirishgan.

Marika Vervort — 2012 yilgi Paralimpiada g‘olibi hisoblanadi. Vervutning oyoqlari falaj bo‘lgani tufayli, u Paralimpiya o‘yinlarida aravadagi poygalarda ishtirok etgan. 

Belgiyada 2012 yildan buyon evtanaziya qonuniy hisoblanadi — buning uchun uch nafar shifokordan rozilik olishga to‘g‘ri keladi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: