Ozarbayjonning Alyatidagi Boku xalqaro dengiz savdo porti va Qozog‘istondagi Quriq porti o‘rtasida yuk tashishlarni amalga oshirish uchun paromlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deb ma'lum qildi 1 avgustda "Boku xalqaro dengiz savdo porti" kompaniyasi.
Shu maqsadda kompaniya rahbari Talex Ziyadov Bokudagi yangi portga tashrif buyurgan "Qozog‘iston temir yo‘llari" AJ prezidenti Asqar Mamin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ziyadov uchrashuv chog‘ida Boku porti orqali yuk tashish hajmi 30 foizdan ko‘proqqa oshganini va bu Boku-Aqtau-Boku yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashishlar hajmi oshgani evaziga yuz bergani ma'lum qildi. Mamin o‘z navbatida Qozog‘istonda yangi Quriq porti qurilishi ikki davlat o‘rtasida yuk tashishlar hajmlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini aytdi. Uning aytishicha, Boku va Quriq portlari orasida mavjud paromlar bilan birga yangi paromlar harakat qiladi.
Trend agentligining aniqlik kiritishicha, Quriq portida kuniga 5 tagacha paromga xizmat ko‘rsatiladi, bu esa har yili 4 mln tonna yukning tashilishini ta'minlaydi.