Tinch okeanida ko‘tarilgan “Nida” to‘foni Hongkonga yopirildi va shaharni vayron etib tashladi. Noqulay ob-havo tufayli megapolisdagi maktablar, davlat muassasalari, banklar va ofislar yopilgan. Tonggi birjalarda savdo olib borilmagan.
O‘tgan kecha shaharga soatiga 158 km tezlikda harakatlanuvchi shamol va tropik jala yopirilgan. Mahalliy observatoriya shamolning 10 ball shkalali sakkizinchi signalini ma'lum qilgan.
Chek Lap Kok xalqaro aeroportida 156 parvoz bekor qilingan va 290 tasi ushlab qolingan.
Kuchli to‘lqinlar sabab parom qatnovlari, jumladan, Makao va Xitoyning qirg‘oqbo‘yi shaharlari bilan qatnovlar bekor qilingan. Shahar ko‘chalarida ikki qavatli avtobus va tramvay qatnovlari to‘xtatilgan.
Hongkong televideniyesi ma'lumotiga ko‘ra, kuchli shamol daraxtlarni qo‘porib tashlagan va reklama ustunlarini ag‘dargan. Jiddiy zarar qayd qilinmagan. Jabrlanganlar yo‘q.