Microsoft korporatsiyasi LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini xarid qilish uchun 19,75 mlrd dollarlik bond chiqaradi

Iqtisodiyot 09:46 / 02.08.2016 3425

Amerikaning Microsoft korporatsiyasi 19,75 mlrd dollarga teng qarzdorlik majburiyatini bajarish uchun emissiyani amalga oshiradi. Bu amaliyot LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini xarid qilishda qo‘shimcha mablag‘lar to‘plash maqsadida bajariladi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Agentlik hisoblariga ko‘ra, gap joriy yil mobaynida AQShda amalga oshirilayotgan uchinchi eng yirik emissiya haqida bormoqda. Microsoft ularni 7 qismga bo‘lib sotishni rejalashtirmoqda, deya ma'lum qilgan Bloomberg o‘z manbalariga asoslangan holda. 

Korporatsiya iyun oyida xabar qilganidek, LinkedIn kompaniyasini 26,2 mlrd dollar evaziga xarid qilishni ikkala kompaniya direktorlar kengashi ma'qullagan. Bitim, yil oxirigacha yakunlanishi kerak. Shunday qilib, ijtimoiy tarmoqning har bir aksiyasiga 196 dollardan haq to‘lanadi. LinkedIn rahbari Jyeff Vayner tarmoq rahbarligini saqlab qoladi. 

LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i 2003 yili Kaliforniyada tashkil etilgan bo‘lib, u asosan biznes aloqalar o‘rnatishga yordam beradi. Unga turli sohalarda faoliyat yurituvchi 400 mlnga yaqin professional a'zo hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: