Yakunlanib borayotgan kun so‘ngida O‘zbekiston va jahonda yuz bergan eng asosiy hodisa va yangiliklar dayjesti.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» mustaqillik tengqurlariga bepul chiptalar taqdim etadi
Ma'lum qilinishicha, 1991 yilning 1 sentabrida tug‘ilgan yoshlarga «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK ichki yo‘nalishlar bo‘ylab sayohat uyushtirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday yoshlarga O‘zbekistondagi ichki yo‘nalishlar uchun tekin chiptalar 1 sentabrdan 31 oktabrga qadar sotiladi.
Shota Rustaveli va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda
Toshkent shahrining Shota Rustaveli va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida may oyida qurilishi boshlangan avtomobil yo‘l o‘tkazgichi mamlakatda shu kabi sun'iy inshootlar ichida birinchisi bo‘ladi.
Qozoq to‘yidagi do‘stlar hangomasi
Ma'lumki, har bir xalqning to‘yida o‘ziga xos urf-odatlari bo‘ladi. Qozoq to‘yida navbatdagi qiziq voqea sodir bo‘ldi. Bu safar kuyovning do‘stlari o‘zining serg‘ayratligi bilan ajralib turishdi. Quvonch va kuchga to‘la yigitlar kuyovni otishga shu qadar berilib ketishdiki, oxir-oqibat u yerga quladi.
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Bugun Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev OAV vakillari bilan uchrashdi. Suhbat davomida Atambayev “Yaxshi va yovvoyi “qirg‘izchilik” bor”ligini, hokimiyatni saqlab qolishni istaganida, donolik qilmay, umuman boshqa islohot o‘tkazishini, qo‘shiq kuylashiga Toshkentga qilgan safari sabab bo‘lganini va boshqa ko‘plab masalar haqida gapirib o‘tdi.
Internetda Suriyada urib tushirilgan vertolyot ekipajiga tegishli buyumlar suratlari tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda bugun Suriyaning Idlib viloyati hududida mahalliy jangarilar tomonidan urib tushirilgan, Rossiya Harbiy Kosmik kuchlariga tegishli bo‘lgan Mi-8 rusumli harbiy vertolyot bortida bo‘lganlarning buyumlari suratlari tarqaldi.
IShIDning Rossiyaga tahdid solingan videosi namoyish etildi
IShID jangarilari Rossiya manziliga tahdidlar ifodalangan videomurojaatini e'lon qildi. Unda Rossiyaga qarshi jihod boshlashga da'vat etilgan.
Londonda attraksion buzilishi oqibatida odamlar 4 soat osilgancha qolib ketdilar
Britaniyalik o‘t o‘chiruvchilar London Eye tomosha g‘ildiragi yaqinidagi Starfler attraksioni kabinalarida qolib ketgan 19 sayyohni qutqarish bo‘yicha 4 soatlik operatsiya o‘tkazishdi.
Teginish xavfli yoxud samolyotdagi eng iflos joylar
Samolyot olisni yaqin qiluvchi eng xavfsiz harakat vositasi hisoblanadi. Ba'zi insonlar esa unda uchishdan juda ham qo‘rqishadi. Angliyaning yosh olim-biologlardan iborat jamoasi samolyotning qaysi qismida inson salomatligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatuvchi bakteriyalar yig‘iladigan eng iflos joylarni aniqlashga qaror qildi.
5 avgust kuni «Paxtakor—79» xotirasiga bag‘ishlangan turnir boshlanadi
«Paxtakor» futbol klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 10 avgustga qadar davom etadigan bu musobaqa uchrashuvlari «Chilonzor» stadionida o‘tkaziladi.
O‘zbekistonlik olimpiadachilar Braziliyaga jo‘nab ketishdi
Manbada aytilishicha, sportchilarni Rioga kuzatish uchun O‘zbekiston milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Mirabror Usmonov va «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori V.Tyanlar ham Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘lishgan.
Nogironlar aravachasi uchun dunyoda birinchi avtopilot yaratildi
Boshni transplantatsiya qilishga (ko‘chirib o‘tkazishga) ilk nomzod Valeriy Spiridonov Clever Chair (Aqlli kreslo) startapining yaratilishi haqida e'lon qildi. Bu loyiha doirasida Spiridonov va uning jamoasi nogironlar kreslosi uchun dunyodagi birinchi avtopilot tizimini yaratishdi.
iPhone ikki SIM-karta bilan ta'minlanishi mumkin
Iyun oyida internetda iPhone 7 qurilmasining ikkita SIM-kartaga mo‘ljallanganligi aks ettirilgan dastlabki surati paydo bo‘ldi. Endi esa Apple smartfonining kelajakda ikkita SIM-kartali bo‘lishiga yana bir dalil ishora qilmoqda.
Sirg‘ali mashina bozoridagi narxlar iyul oxiriga ko‘ra e'lon qilindi
Ma'lumotlarga ko‘ra, milliy avtomobillar ancha ko‘p sotuvga chiqqan. Xorijiy avtomobillar soni bu bozor biroz kamaygan. Narxlari esa deyarli o‘zgarmagan.
Uber kompaniyasi Xitoydagi biznesini, ushbu mamlakatdagi «xitoy Uber»i deb nomlanadigan bosh raqobatchisi — Didi Chuxing kompaniyasiga sotadi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi o‘z manbasiga tayangan holda. Shu bilan birga, Didi Chuxing va Uber rahbari ham mazkur birlashuvni tasdiqlagan.