Turkiya hukumati 15 iyul oqshomida Marmarisda dam olib turgan mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni qo‘lga olish niyatida hujum qilgan guruh a'zolarining deyarli barchasini qo‘lga tushirgan. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush ma'lum qilgan.
Bundan oldingi xabarlarda mamlakat janubi-g‘arbidagi Mug‘la viloyati hududida 11 harbiy Erdo‘g‘anning mehmonxonasiga hujum qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingandi. Marmaris tumani aholisi hududdagi jo‘xoripoyada shubhali shaxslar mavjudligi haqida xabar berganidan keyin yangi hibsga olish tadbirlari boshlangandi. Bu shaxslarni qo‘lga olish ishlariga 2ta vertolyot jalb etilgan.
"Prezident tunagan mehmonxonaga hujum qilgan 37 harbiydan 36 nafari qo‘lga olindi. Bu tunda 11 kishi tutildi. Yana bir zobitni qidirish ishlari davom etmoqda. Ular ongli ravishda hujum uyushtirishgan", degan Kurtulmush.
Bundan oldingi xabarlarda Turkiyadagi to‘ntarish ishtirokchisi Erdo‘g‘anni tiriklay qo‘lga olishga buyruq berilganini ma'lum qilgani aytilgandi.
16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinishga harakat qilindi. Harbiylar Istanbul va Anqarada bir qator davlat muassasalarini qo‘lga olib, «Marmaris» mehmonxonasiga hujum qildi, ammo Turkiya prezidenti mehmonxonani tark etishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinroq mamlakat rahbari u 10–15 daqiqa o‘sha yerda ushlanib qolganida, o‘ldirib ketilgan bo‘lishini ma'lum qilgandi.