«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ule Gunnar Sulsher jamoadagi xotiralar haqida eslar ekan Rayan Giggz Krishtianu Ronalduni qattiq koyib berganini hikoya qildi.
«Bir kuni Krishtianu Ronaldu nonushtaga qo‘lida gazli suv bilan kirib keldi. Ratsional ovqatlanishni nazoratdan qochirmaydigan Giggzga esa bu yoqmadi.
Giggz Ronalduni o‘rnidan turg‘azdi va uni devorga tirab qo‘yib, «Ikkinchi bunday qilma» deb uni qattiq koyib berdi»,- deb eslaydi Sulsher.
Manba: Tribuna.uz