Rio-de-Janeyroda Olimpiada boshlanmasidan turib qurilgan inshootlar qulab tushishni boshladi. Yelkanli sport turlari uchun mo‘ljallangan prichal qulab tushdi.
Tashkilotchilarning aytishicha, bunday voqealar bo‘lib turadi. Sportchilarning mashg‘ulot o‘tkazishi uchun qo‘shimcha prichallar o‘rnatilgan.
Aprelda velopoyga uchun qurilayotgan inshootda ham halokat yuz berib, ikki kishi halok bo‘lgandi. Olimpiada o‘yinlari 5 avgust kuni boshlanadi.