Peskov IShIDning Rossiyaga tahdid qilib yo‘llagan murojaatiga munosabat bildirdi

Jahon 19:15 / 01.08.2016 16106

Rossiya prezidentiga IShIDning tahdidona videomurojaati haqida hisobot berilgan. Bu haqda Vladimir Putinning matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.

U bu tahdidning ahamiyatini oshirish zarur emasligini qayd etgan. Lekin shunga qaramasdan xavfsizlik choralari kuchaytiriladi.

Bundan oldinroq IShID rossiyaliklarga tahdid qilingan videomurojaat tarqatgani haqida xabar berilgandi. Unda jangarilar o‘z tarafdorlarini Rossiyaga "jihod e'lon qilish"ga chorlagandi.

"Bunday roliklarga jiddiy e'tibor qaratish shart emas. Ular shunday taktikadan foydalanishadi. Lekin shu bilan birga xavfsizlik choralariga e'tiborni yo‘qotmaslik kerak", degan jurnalistlarning savollariga javoban Peskov.

U bunday roliklar haqida doimiy ravishda prezidentga hisobot berib borilishini ta'kidlagan.

Ko‘proq yangiliklar: