Rossiyaning Mahachqal'a shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida jabrlanganlar soni 23 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.
Hudud Sog‘liqni saqlash bo‘limi ma'lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlardan 5 nafari og‘ir ahvolda.
Dog‘iston FVV vakili aytishicha, portlash oqibatida jarohatlanganlar soni 16 nafar.
Dastlabki xabarlarda Mahachqal'adagi «Layli» restoranida gaz balloni portlab ketishi tufayli 13 kishi turli darajada jarohat olgani aytilgandi.