Ijtimoiy tarmoqlarda bugun Suriyaning Idlib viloyati hududida mahalliy jangarilar tomonidan urib tushirilgan, Rossiya Harbiy Kosmik kuchlariga tegishli bo‘lgan Mi-8 rusumli harbiy vertolyot bortida bo‘lganlarning buyumlari suratlari tarqaldi.
Havo kemasida besh kishi – uch nafar ekipaj a'zosi hamda ikki nafar ofitser bo‘lgan.
Bunday suratlar Idlib hududidagi jangarilar tomonidan tvitter orqali tarqatilmoqda.
Suratlardan birida ikki rossiyalik haydovchining guvohnomasi ko‘rsatilgan. Shaxsiy buyumlar qatorida pravoslavlar ikonasi ham bor.
Bundan oldinroq Idlib hududida harbiy vertolyot urib tushirilgani, keyinroq bu vertolyot Rossiya HHK tarkibidagi vertolyot bo‘lgani aytilgandi.
Suriyadagi Al Masdar News vertolyot "Jayish al-Fath" guruhi joylashgan hudud ustidan uchayotganida urib tushirilganini ma'lum qildi.