Hindiston hukumati Saudiyada ishsiz qolgan va och qolayotgan 10 ming nafar fuqarosini mamlakatga qaytaradi

Jahon 21:55 / 01.08.2016 7774

Hindistondan Saudiya Arabistoniga ish izlab borgan 10 ming nafar hindistonlik qurilish kompaniyasining tanazzuli sabab ishsiz qoldi. Hindiston hukumati bu fuqarolarni o‘z hisobidan Hindistonga qaytaradi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaradj ma'lum qilgan.

«U yerdagi birorta ishchi och qolmaydi. Men bunga kafilman. Biz ularni Hindistonga qaytaramiz»,- deydi TIV.

Ma'lum bo‘lishicha, neft narxi tushishi sabab Saudiyadagi ko‘plab qurilish korxonalari inqirozga uchragan. Ayni vaqtda Hindiston TIV vakillari ishchilarni ortga qaytarish bo‘yicha maxsus vakillarini Saudiyaga yuborgan.

Ko‘proq yangiliklar: