Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Xavi yaxtasini auksionga qo‘ydi. Undan tushadigan foydani futbolchi Yevropaga yangi hayot izlab borayotgan qochoqlar uchun yordam berishga ishlatadi.
Ayni vaqtda Qatarning «Al-Saad» jamoasida harakat qiladigan Xavining «Pelopina» nomli yaxtasi 9 metr uzunlikda bo‘lib, u tez kunlarda auksionda sotiladi.
Manba: Tribuna.uz