Yevrokomissiyada Turkiyaning Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartibi terrorchilikka qarshi kurashiga bog‘liqligi aytildi

Jahon 19:30 / 01.08.2016 3518

Turkiya fuqarolari uchun Yevropaga vizaning bekor qilinishi Turkiyaning aksilterrorchilikka qarshi qonunchiligi mutanosibligini o‘z ichiga oladi. Bu mutanosiblik jurnalistlar va olimlarning faqatgina o‘z fikrlarini bildirganlari uchun hibsga olishga ijozat bermasligi kerak, deb aytdi Yevrokomissiya (YeK) rasmiy vakili Mina Andreyeva.

Andreyeva YeKning Turkiya tomonidan vizalarning bekor qilinishi uchun shartlarni bajarishi haqidagi oxirgi hisobotida Anqaraga ko‘proq vaqt talab etiladigan 2 ta shart va yaqin orada bajarishi kerak bo‘lgan 5 ta shart borligini eslatib o‘tdi. Bu shartlar orasida aksilterrorchilik qonunchiligini o‘zgartirish ham bor.

Andreyevaning aytishicha, bu islohot "o‘z fikrlarini zo‘ravonliksiz ifoda etuvchi va zo‘ravonlikni qo‘llashga chorlamaydigan jurnalist va professor kabi odamlarni turmaga qamamaslik va ularga o‘z fikrlarini bildirganlari uchun terrorchilik qonunchiligi asosida ayblov qo‘ymaslikni nazarda tutadi". 

"Biz turk hukumati bilan bu mutanosiblik elementi turk qonunchiligiga kiritilishi ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz", deb aytdi Andreyeva.

Ko‘proq yangiliklar: