2018 yilgi jahon chempionati uchun qurilayotgan Peterburgdagi stadion ko‘pchilikning e'tiborini tortayotgan edi. Uning qurilishi belgilangan vaqtdan ancha o‘tib ketgani sabab bu borada latifalar ham tarqab ketdi.
Peterburg vitse-gubernatori Igor Albin bugun You Tube'dagi kanalida bir video joyladi. Unda ishchilar stadion ochilishiga sabrlari chidamay birinchi o‘yinni o‘zlari o‘tkazishayotgani tasvirlangan.
Avvalroq stadionni qurayotgan kompaniya qurilish to‘xtatilganini ma'lum qilgan edi, lekin ishchilar hamon to‘xtashgani yo‘q.